2018 yilda Yevropaning eng yaxşi yoş futbolçisi deb topilgan Matteys de Ligt keça, 17 iyul oqşomida «Yuventus» bilan şartnoma imzolaş uçun Turinga keldi.

«Yuventus» rasmiy tvitterida futbolçi samoletdan tuşgan lahzalar aks etgan foto va video taqdim qilindi.

19 yoşli himoyaçi bugun tibbiy körikdan ötadi. U «Yuve» bilan 5 yillik bitimga qöl qöyişi, şu asosda yiliga 2 mln yevro maoş olişi kutilmoqda. Bu şartnomada 150 mln yevrolik tovon puli belgilanadi.

De Ligtning «Ayaks»dan transferi Italiya çempioniga kamida 75 mln yevroga tuşgan. Bu miqdor bonuslar hisobiga yana ham ortişi mumkin.

Avvalroq Matteys «Yuventus»da ham «Ayaks»dagi kabi 4-raqamda öynaşi ma'lum bölgandi.