Joylarda tuşuntiriş tarğibot işlari olib borilişiga qaramasdan iste'molçilar orasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va içimlik suvi uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirmaslik, huquqbuzarlik holatlari, hattoki xizmat vazifani bajarib kelayotgan davlat inspektorlariga qarşilik körsatiş holatlari ham uçrab turibdi. 

Surxondaryo viloyati Denov tumani “Vodiy” mahallasida öz xizmat vazifasini bajarayotgan Majburiy ijro byurosining davlat inspektori köp qavatli xonadonlarning birida elektr energiyasidan foydalaniş tartib qoidalarini qöpol ravişda buzib foydalanib kelayotgan iste'molçini aniqlagan. 

Mazkur holat yuzasidan Byuroning davlat inspektori tegişli tartibda dalolatnoma rasmiylaştirayotgan vaqtda xonadon egasi M.M. qöpol sözlar bilan haqorat qilib, dalolatnomani rasmiylaştirişiga qarşilik körsatib, yengil tan jarohati yetkazadi. 

Foto: Majburiy ijro byurosi

Uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, joriy yilning 8 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Denov tuman sudining oçiq sud majlisida körib çiqildi.

Sud M.M.ning harakatlarini baholab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan 180 soat majburiy jamoat işlari jazosini tayinladi.