Toşkentda «snos»: Uy egalari şahar hokimiga öz şartlarini aytişdi
|02:40 / 17.07.2019112 1968 min
Qayerga qaramang, bunyodkorlik işlari boşlangan. Şu bilan birga, buziş işlari ham avj olgan. Murakkab va köp bosqiçli jarayondan ayrim viloyat va tumanlar hokimlari bir zumda sakrab ötayotgan bölsa, yana boşqalariga oson bölmayapti. Axir, inson va mulk huquqini himoya qiliş buzilişlar markazida turibdi.
13 iyul kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan Parkent 2 köçasida yaşovçi aholi vakillari bilan ayni şu masalani hal qiliş uçun uçraşdi. Avvaldan aytaman, uçraşuv heç kimning manfaatiga xizmat qilmadi, tomonlar biroz muddatdan söng oxirgi qarorga kelişi belgilab olindi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Ta'kidlanişiça, «Ali Akbar stroy servis» MÇJ Parkent 2 köçasidagi aholi yaşaş joyida buziş işlarini yakunlab, barça xonadon egalarini rozi qilgan holda ularni boşqa uy-joy yoki şunga teng qiymatdagi mablağ bilan ta'minlasa, quriliş kompaniyasiga şaharning boşqa hududidan böş maydon ajratib berilişi kelişilgan.
Quriliş kompaniyasi işonçli vakili Sanjar Isroilovning sözlariga köra, 64ta xonadondan teng yarmi şu paytgaça rozi qilindi va boşqa joyga köçirildi.
Toşkent şahar hokimi masalaga qanday qöşildi? Gap şundaki, aholi buziş işlarini davom ettirişga tösqinlik qilib, köp narsadan norozi bölmoqda. Avvalo, kompensatsiya pul kamligi, bundan taşqari uy-joy maydoni aniq ölçanmayotgani vaj qilib keltirilmoqda.
Demak, işlarni davom ettirişga ikkita omil tösiq bölmoqda: özboşimça quriliş uçun mulk huquqini e'tirof etiş töğrisidagi hokim qarori bekor qilindi, tabiiyki, aholining uy-joyi maydoni kadastr hujjatlari böyiça birmunça qisqardi. Ayni paytda aholi hokimiyat qarori yuzasidan sudlaşmoqda.
Boşqa masala esa uy-joy uçun haddan taşqari yuqori miqdorda tovon puli talab etilayotganidadir. Şunga qaramay,
Mavzuga oid
uy uniki, öz istagi böyiça sotişga haqli ekanini ta'kidlamoqçi bölamiz-ku, ammo baholaş firmalari xizmatidan foydalanib, quruvçi kompaniya tovon puli qiymatini tuşirmoqçi.
Hokim Ortiqxöjayev esa bunga qarşi. Nega? Buni kuzatib, tuşunişga harakat qildik.
Birinçi masala — aksiya qarori bekor qilindi.
Hukumatning 2018 yilgi «Köçmas mulkka nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida köçmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş tartibi töğrisida»gi nizomga muvofiq, Parkent 2 köçasida yaşovçi aholining bir qismi özboşimça qurilişlarni qonuniylaştiriş böyiça murojaatlar qilgan. Masala ijobiy hal qilingan.
Keyinroq, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş hamda mulk huquqini e'tirof etiş böyiça Mirzo Uluğbek tuman hokimi qarori bekor qilinadi. Toşkent şahrining sobiq prokurori Şerzod Obloqulov joriy yilning 15 may kuni tuman hokimi qaroriga protest keltirib, qaror bandlari bekor qilinişini söragan.
«Ötkazilgan tekşiriş davomida qayd etilgan xonadonning kadastr yiğma jildi örganilganda, xonadon köp kvartirali uy tarkibiga kirişi va 163-sonli qaror (tuman hokimining muhokamali qarori - tahr.) qabul qilinişidan oldin uning yuridik hujjat böyiça yer maydoni mavjud bölmagani ma'lum böldi», — deyiladi prokuror protestida.
Ta'kidlanişiça, yuqorida qayd etilgan nizomning 1-bandiga köra, mazkur nizom turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy şaxslarning quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalarida yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyiga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş tartibini belgilaydi.
Prokuror esa protest matnida xonadonni köp qavatli emas, köp kvartirali uy tarkibiga kirişini bildirib, çalkaş holatni keltirib çiqarganday körinadi. Bu masalada aholi sudga murojaat qilgan. Negaki, hokim qarori bekor qilinişi bilan uy-joy maydoni kamayib qolgan, kompensatsiya tölanayotgan paytda aynan şu omilga köra pul tölanişi ta'kidlanmoqda.
Mojaroninig bu jihati haqida batafsil keyingi maqolada bayon etiladi.
Keyingi masala — kompensatsiya puli.
Kompaniya vakillari mulkning bozor narxini aniqlaşni vaj qilib, baholaş firmasiga murojaat qilişni rejalaştirgan.
Işonçli vakilning aytişiça, Parkent 2 köçasida joylaşgan, buzilişi lozim bölgan uy-joylarning 1 kv.m bozor narxida 500 dollarga qiymatlanadi. Masalan, 100 kv.m uy-joy 50 ming dollar bölişi mumkin. Kompaniya xonadon egalariga kompensatsiya sifatida tayyor uy-joyni taqdim etişga tayyorligini bildirmoqda.
«Uyning kvadrat metriga mos, özi yaşab turgan hududdan uzoq bölmagan, masalan Parkent bozori yo metro yaqinidan tayyor uy-joy körsatilmoqda. Özingiz istagan uyni ham körsatişingiz mumkin. Markazdan uzoqroqda joylaşgan, lekin kvadrat metri köproq bölgan uy-joyni olib berişga ham tayyormiz», — deydi tadbirkor aholi bilan muloqot vaqtida.
Quriliş kompaniyasi uylar holati, quriliş muddatiga e'tibor qilib, kompensatsiya pulini 1 kvadrat metr uçun 500 dollardan oşirmasligini aytmoqda. Jahongir Ortiqxöjayev esa bunga qarşi çiqmoqda.
«Bu odamlarni rozi qilib, köçiriş uçun boşpanaga boşpana berib, keyin biznes reja tuzing. Kör-körona buzişga hujjat tayyorlab, odamlarni uydan çiqariş tadbirkorga xos emas. Yetarliça investitsiyaga ega bölmasangiz, işni taşlang, odamlarni sarson qilmang», — deydi u.
Gap şundaki, aholi quriliş kompaniyasi vakillari ustidan bir neça marta şikoyat qilgan. Göyoki, ular buziş işlarini noqonuniy boşlab, xat yo hujjatsiz aholi mulkiga tahdid qilgani aytiladi. Masalan, hududda yaşovçi aholining hojatxonasi ruxsatsiz, ogohlantirişsiz buzib taşlaşga harakat qilingani tasvirga tuşgan.
«Aslida bizning uy-joy uçun 1 kv.metrga 250 dollardan kompensatsiya puli taklif qilindi. Bu pulga yaqin atrofdan uy sotib oliş imkoni yöq», — deydi aholi vakillaridan biri.
Şahar hokimining aytişiça, buzilişi rejalaştirilgan hudud örnida Mudofaa vazirligi tuzilmasi uçun bino quriladi. Şu tufayli, buziş işlarini paysalga solmay, masala ijobiy hal etilişi, öz navbatida xalq rozi qilinişi lozim. Aytiş joizki, uylarning orqasida Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurti joylaşgan.
Parkent 2 köçasida 119 kvadrat metrga uy-joyi mavjudligini ta'kidlagan ayol 320 ming dollar kompensatsiya pulini rad etib, quyidagi fikrni bildirdi:
«Mana şu mahallada 1 qavatdan 119 kvadrat metr maydonga teng uy-joy olib bersa, roziman. Yoki pulini bersin. 320 mingga (dollar - tahr.) bu mahallada kim beradi», — deydi u kinoya bilan.
Boşqa bir xonadon egasi 38 kvadrat metr uy uçun 2 xonali va 1 xonali ikkita uy taqdim etilişini talab qilmoqda. Çigal vaziyatda bir haqiqatni anglaş qiyin: aholi uy-joy buzilişiga qarşimi yo köproq kompensatsiya puli evaziga yangi joyga köçadimi?
Şahar hokimi masalani ijobiy hal etiş uçun tadbirkorga 20 iyulga qadar muddat belgiladi. Şu vaqt oraliğida u qolgan xonadon egalari bilan şaxsan muzokara ötkazib, yakuniy yeçimni taklif etişi kerak böladi. Biz kelgusi maqolada turli tomonlarning pozitsiyasini batafsil bayon qilib, sud jarayonini kuzatib boramiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi