Moskvaning Lefortovo sudi Kerç böğozida uşlangan 24 ukrainalik dengizçining hibsda uşlab turilişini 3 oyga uzaytirdi. 

Sud majlisi Federal xavfsizlik xizmati iltimosiga köra omma uçun yopiq tartibda ötkazilgan. Sudda dengizçilarning yaqinlari va jurnalistlardan taşqari, oliy radaning  inson huquqlari böyiça vakili Lyudmila Denisova ham iştirok etgan.

Avvalroq advokat Nikolay Polozov tergovning faol bosqiçi yakunlangani va barça 24 dengizçiga Rossiya çegarasini uyuşgan guruh tarkibida noqonuniy kesib ötiş böyiça ayblov qöyilganini ma'lum qilgan.   

2018 yil 25 noyabrda Ukrainaning “Berdyansk” va “Nikopol” artilleriya katerlari hamda “Yani Kapu” buksiri Qora dengizda Rossiya hududini buzgani uçun uşlangan. Kemalarda bölgan 22 dengizçi va Ukraina xavfsizlik xizmatining 2 xodimi hibsga olingan.