Bu haqda soha kasaba uyuşmalari vakillariga iqtibos keltirgan holda Deutsche Welle naşri xabar berdi.
Hozirda dunyo portlarida virus tarqalişiga yöl qöymaslik maqsadida çeklovlar amal qilmoqda. Bu çeklovlar orasida kemalarning portlarga kirişiga taqiqlar yoki ekipajlar uçun majburiy karantin kabilar bor. Vaziyatni kema jamoasining soğliği haqida formulyarlarni töldiriş zarurligi hamda reyslar bekor qilingani sababli uyga qaytiş imkoni yöqligi kabilar qiyinlaştirmoqda.
Şu munosabat bilan Xalqaro kemaçilik palatasi va xalqaro kasaba uyuşmalar “Katta yigirmatalik” davlatlari hukumatlariga maktub bilan murojaat qildilar. Hujjat mualliflari hukumatlarni barça ehtiyot çoralari rioya qilinişi şarti bilan dengizçilarga kemalarni tark etiş imkonini közda tutiş hamda savdo kemalarida şifokorlar yöqligi sababli ularning qirğoqda tibbiy körikdan ötişini ta'minlaşga çaqirişgan.
Maktubda ta'kidlanişiça, ekipajlar almaştirilişini insonparvarlik, xavfsizlik va mehnat huquqi nuqtai nazardan uzoq vaqtga qoldirib bölmaydi.


















