AQŞ sudi meksikalik narkobaron, “Pakana” laqabli Gusman Loerani umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda USA Today naşri xabar berdi.
Meksikaning eng qidiriluvçi narkobaronlaridan biri bölgan Loera AQŞga 2017 yil yanvarda, sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatining oxirgi işçi kuni topşirilgan. Unga bir neça ştat ayblov qöygan. Bu ayblovlar AQŞga kokain yetkaziş, qurolga noqonuniy egalik qiliş va qotilliklarni taşkillaştiriş jinoyatlari bilan boğliq.
Dunyodagi eng yirik narkokartellardan biri – “Sinaloa”ga önlab yillar boşçilik qilgan sudlanuvçining özi aybini tan olişdan boş tortgan.

















