«Pari-Sen-Jyermen» braziliyalik hujumçisi Neymar bilan xayrlaşişga qaror qilgan.

Sport.es manbasi ma'lumotiga köra, braziliyalik bu futbolçining parijliklar klubini tark etişi töxtatib bölmas jarayon hisoblanadi. Fransiya çempionlari rahbariyati bu vaziyatda futbolçini sotiş, degan qarorga kelişgan. 27 yoşli futbolçining özi «Barselona»ga qaytişni istamoqda. Şuning uçun, «PSJ» kök-anorranglilar bilan ehtimoliy transfer imkoniyatlarini örganmoqda. 

Sky Germany naşri xabariga köra, «Barselona» «Pari Sen-Jyermen»ga Neymar transferi böyiça yangi taklif yöllagan. Kataloniyaliklar uning qaytişi uçun 100 mln yevroga qöşib ikki futbolçisini bermoqçi. 

«Barselona» «PSJ»ga olti futbolçisi röyxatini taqdim etgan, röyxatdan vingerlar Filippe Koutino, Usmon Dembele va Malkom, yarimhimoyaçi Ivan Rakitiç va himoyaçi Nelson Semedu nomi ham bor. Ammo Koutino, Dembele va Rakitiç klubdan ketişni istamayapti. 

Nemis naşrining yozişiça, «Barselona» va «PSJ» örtasidagi muzokaralar oson keçmaydi, ammo katalonlarning yangi taklifi — katta qadam bölişi mumkin. Bundan avvalroq «PSJ» Neymarni kök-anorranglilarga 40 mln yevro va bir neça futbolçi evaziga berişga rozi bölmagandi. Fransuzlar klubi braziliyalik futbolçini 250 mln yevroga baholagan. 

Öz navbatida, El Chiringuito Neymar faoliyatini «Yuventus»da davom ettirişi mumkinligi töğrisida xabar tarqatdi. 

Manba ma'lumotiga köra, parijliklar braziliyalik futbolçisini turinliklarning argentinalik hujumçisi Paulo Dibala va muayyan miqdordagi mablağga almaşişi mumkin. 

Dibala yakunlangan mavsumda jamoasining 42 uçraşuvida maydonga tuşgan va 10 gol urib, 6 golga uzatma bergan. Futbolçining «Yuventus» bilan şartnomasi 2022 yilgaça tuzilgan. Forvardning transfer qiymati 85 mln yevroga teng.

Neymar 2013 yildan 2017 yilgaça «Barselona»da öynagan. U «PSJ»ga 2017 yil yozida «Barselona»dan 222 mln yevroga ötib, futbol tarixidagi eng qimmatbaho futbolçiga aylangandi. Uning Parij klubi bilan amaldagi şartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Ötgan mavsumda u klubining barça turnirlar doirasidagi 28 uçraşuvida maydonga tuşib, 23 gol urgan va 13 golga uzatma bergan.