Bugun, 19 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi mutasaddilari OAV xodimlari iştirokida oçiq muloqot taşkil qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Unda “Çorvaçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan ma'lumot berildi, şuningdek, jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollarga qömita mutasaddilaridan javob olişdi.

Tadbir davomida Özbekistonda göşt narxining yuqorilab borayotgani masalasida savol berildi.

«Töğrisini aytiş kerak, göşt narxining qimmatligi bu – sohadagi monopoliya bilan boğliq jihat. Göşt bozorlarini köpçilik qassoblar öz şaxsiy monopoliyasiga aylantirib olişgan, tabiiyki, narx-navo ham ular tomonidan boşqariladi. Bunda hatto moliyaviy piramidaning körinişlarini ham uçratasiz.

Deylik, qaşqadaryolik qassob Toşkentdagi «Çorsu» bozoriga kelib heç qaçon göşt sotolmaydi, monopoliya bunga yöl bermaydi», deydi qömita raisi örinbosari Abror Akbarov.

Uning aytişiça, hozirda qömita tomonidan göşt narxining şu kabi sun'iy yöllar bilan oşirilişiga qarşi bir qança işlar amalga oşirilmoqda.

«Jumladan, Toşkentdagi bir neçta bozorga 150 ta qöşimça göşt rastasini örnatdik. Bu rastalarda barça viloyatdan keluvçi tadbirkorlar (qassoblar) savdo qilişlari mumkin. Bu tizimni hozir Toşkentda sinovdan ötkazmoqdamiz», deydi Akbarov.