2019 yil 19 iyulda Özbekiston respublika valuta birjasida 160 kunlik davlat qimmatli qoğozlarini joylaştiriş böyiça navbatdagi elektron savdolar ötkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Auksion savdolarida umumiy nominal qiymati 300 mlrd. söm bölgan davlat qimmatli qoğozlari birlamçi moliya bozorlarida joylaştirilib, ularni sotib oliş uçun 435 mlrd. söm hajmdagi buyurtmalar kelib tuşdi.
Ötkazilgan auksion natijasiga köra qisqa muddatli davlat qimmatli qoğozlari böyiça örtaça tortilgan daromadlilik yillik 14,89 foizni taşkil etdi.
Qayd etilişiça, auksionda dilerlar tomonidan berilgan buyurtmalar hajmi savdoga qöyilgan qisqa muddatli davlat qimmatli qoğozlarining umumiy qiymatidan (300 mlrd. söm) salkam bir yarim barobar ortiq ekanligi mazkur moliyaviy instrumentlarga bölgan talabning yuqori darajada saqlanayotganini körsatadi.
Şu bilan birga, qisqa muddatli davlat qimmatli qoğozlari daromadliligining yillik 14,89 foizgaça oşişi asosan, joriy oyda 700 mlrd. söm hajmda davlat qimmatli qoğozlarining çiqarilişi, şuningdek, pul-kredit siyosatining qat'iylaştirilişi natijasida bank tizimidagi likvidlikning sezilarli darajada kamayganligi bilan izohlanadi.
Kelgusida davlat qimmatli qoğozlarini çiqariş böyiça Moliya vazirligining qarorlari davlat qarzini diversifikatsiyalaş va uni samarali boşqariş hamda mahalliy moliya bozorlarini rivojlantiriş maqsadlaridan kelib çiqib qabul qilinadi.












