Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinni haqoratlagan teleboshlovchi efirga qaytadi
«Rustavi 2» telekanali boshlovchisi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni efirda haqoratlagani uchun 2 oyga ishdan chetlashtirilgan Georgiy Gabuniya bu muddat yakuniga ko‘ra telekanalga qaytishi mumkin. Bu haqda telekompaniya bosh direktori Paata Saliya ma'lum qilgan.
Shuningdek, Paata Saliya «Rustavi 2» muassisi Kibar Xalvashi tahririyat ichki siyosatiga aralashmasligini bildirgan. Bosh direktor telekompaniyaning moliyaviy ahvoli kutilganidan ham yomonroq ekanligini aytib, kadrlar masalasini nazorat qiluvchi jamoat kengashi tuzishni ham taklif etgan.
Bundan oldin, 14 iyul kuni telekanal saytidagi anonsda Gabuniya o‘rnini boshqa jurnalist egallashi haqida xabarlar berilgandi.
Ma'lumki, gruziyalik teleboshlovchi Putinni haqoratlagan, uning bu xatti-harakati telekanal binosi yonida norozilik namoyishlari boshlanishiga olib kelgandi. Namoyishchilar “Gruziya Rustavi 2’siz” deb hayqirishgan va telekanal binosi tomon supurgilar otishgan.
Gabuniya uyiga sharmandalik taxtachasi osib ketilgan, qo‘shnilarining ma'lum qilishicha, boshlovchi o‘ziga qo‘riqchilar yollashga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
12:25 / 03.07.2026