Terma jamoamiz natijalari qaysidir jihatdan yaxşilana boşlaganda yoki klublarimiz reytingi oşsa, ba'zida stadionlar tomoşabinlarga tölib, qiziqiş köpayotganini his qilsak yo futbolimizga yangi rahbariyat kelganida qandaydir optimistik kayfiyat çulğab oladi - futbol rivojlanyapti. Rostan ham şunday böladimi? Ba'zida mutaxassislarimiz aslida futbol rivojlanayotganini, şunçaki, biz omilar buni yaxşi tuşunmayotganimizni aytmoqçi bölişadi.

Ba'zi şartlar ostida futbolning rivojlanişi qanday röy beradi, umuman rivojlaniş deganda, nimani tuşuniş kerak, aslida bu ham juda ahamiyatli masalalardir.

Masalan, Şimoliy Koreya bir palla juda yaxşi saralaş kampaniyasini ötkazdi, jahon çempionatiga çiqdi. Futbol rivojlandimi? Yöq albatta, futbol rivojini faqat ma'lum palladagi natija bilan boğlaş xatodir. Futbol nuqtai nazaridan juda töğri qarorlar, loyihalar ham yakunda rivojlanişga olib kelmasligi mumkin.

Sababi şundaki, nafaqat sport, umuman har qanday mamlakatdagi har qanday soha boşqa sohalar bilan «şesterna tişlari» kabi çambarças boğliq holda siljiydi. Menimça, heç qayerda boşqa sohalarda juda uzoqlaşib rivojlangan alohida bir sohani ham, boşqa sohalardan sezilarli ortda qolib ketgan alohida bir sektorni ham körmaysiz.

Yaponiyani olasizmi, Belgiyanimi yoki boşqa, ularning birortasi faqat futbolnigina kötariş loyihasi yordamida rivojlanib ketişmagan. Ularda umuman hamma soha rivojlangani uçun futbol ham bunga ergaşib, oldinga qarab ketgan. Ma'lum pallalardagi ösiş va pasayişlar esa, şunçaki, ayni öşa paytdagi töğri va notöğri qarorlar evaziga böladi, xolos. Ha, ba'zida juda taraqqiy etgan, ammo futbolda u qadar yaxşi bölmagan mamlakatlarni ham bilamiz. Buning sababi, öşa yerdagi futbolning örni pastligi xolos. Har qanday rivojlangan mamlakatda öşa yerning aholisining aksariyat qismi qiziqadigan soha albatta rivojlangan böladi.

Mirabror Usmonov futbol tepasiga kelib, umumiy moddiy bazani, şaroitlarni ança yuqoriga kötardi. Öz-özidan turli yoşdagi terma jamoalarimizning natijalariga ta'sir qildi, ÖFF salobatli va nufuzli taşkilotga aylandi, Osiyo va FIFA miqyosda e'tiroflarga sazovor böldik. Umid Ahmadjonov kelib, masalan, Superligamizdagi translatsiyalar masalasida oldinga harakatlarni kördik, terma jamoamiz yiğinlarida va ularni taşkil qilişda e'tibor kuçaygandek böldi. Albatta, Ravşan Ermatov ham bu yölda öz hissasini qöşişi turgan gap, balki qaysidir jabhalarda avval qilingan xatolar tuzatilar, yetişmay turgan murvatlarni topib, öz örniga qöyar?

Bilmadim, lekin yuqoridagi abzatsda sanalgan işlarning barçasi futbol rahbariyati tomonidan amalga oşirilgan töğri işlar, xolos. Töğri işlar bor, notöğri işlar böladi, bu qaysidir pallada futbolimizni siljitadi töğri, ammo agar tom ma'noda rivojlaniş haqida gap ketganida, buni Ahmadjonovdan, Usmonovdan yoki Ermatovdan kutmaganimiz durust.