21 iyulga ötar keçasi AQŞning Las-Vegas şahrida bölib ötgan boks oqşomida filippinlik 40 yoşli Menni Pakyao amerikalik 30 yoşli yengilmas boksçi Kit Turmanga (29-1, 22 KO) qarşi jangga çiqdi. 

Uşbu jang professional boksning yarim örta (-66,68 kg) vazn toifasida WBA Super çempionlik kamari uçun taşkil etildi.

12 raundga möljallangan jangning birinçi raundida Pakyao Turmanni nokdaun holatiga tuşirdi.

Ikkinçi raundda ham filippinlik boksçi zarbalar seriyasini namoyiş etdi. Ammo Turman öziga keldi va jangning ikkinçi qismida ustunlikni qölga oldi va bir neça raundda ustun keldi.

Pakyao esa jang oxirida faollik körsatib, ğalabani öz tomoniga oğdira oldi va hakamlar qaroriga köra ğolib deb topildi.

Hakamlarning ikki nafari ğalabani filippinlik boksçiga berdi (115-112, 115-112), uçinçi hakam Kit Turman ğalaba qozongan deb hisobladi (114-113).

Şu tariqa, Menni Pakyao 40 yoşida (bu uning 62-ğalabasi böldi) WBA Super çempionlik kamarini qölga kiritdi. Bu u siyosiy faoliyati uçun tanaffus qilib ringga qaytganidan keyin qatorasiga uçinçi ğalaba böldi.

Bu jang evaziga Pakyao 10 million dollar miqdorida gonorar oladi, jangdan oldin Pakyaoning faoliyatiga nuqta qöyişni va'da qilgan Turmanga esa natija qanday bölişidan qat'i nazar 2,5 million dollar miqdoridagi gonorar kafolatlangandi.