Apple kompaniyasi Intel kompaniyasining mobil modemlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölinmasini sotib olmoqçi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar qildi.
Gazetaning yozişiça, Apple Intel’ning 1 mlrd dollarlikdan ortiqroq miqdordagi patentlarini sotib olmoqçi. Agarda muzokaralar ijobiy yakunlansa, kelasi haftada kelişuv imzolanişi mumkin.
Intel bölinmasini nega sotmoqçi?
Kompaniyaning mobil modemlar işlab çiqaruvçi bölinmasi 2011 yilda 1,4 mlrd dollarga Infineon Technologies kompaniyasi bilan birgalikda sotib olingan. Ötgan vaqt davomida kompaniya bu biznesni rivojlantiriş uçun milliardlab dollar sarfladi, ammo muvaffaqiyatga erişmadi.
Intel sönggi yillarda Apple uçun mobil modemlar işlab çiqardi. Apple 2019 yilda Qualcomm modellariga ötdi. Asosiy mijozidan ayrilgan Intel 5G mobil modemlar işlab çiqarişga ötişini bildirdi.
Apple bilan kelişuv Intel uçun eng zaif biznesidan qutulişni anglatadi – bu bölinma kompaniyaga yiliga 1 mlrd dollar zarar keltirgan.
Apple nima uçun sotib olmoqçi?
Apple uçun mobil modemlarni özi işlab çiqariş uning eng ojiz nuqtasi hisoblanadi.
Kompaniya eng yangi qurilmalarida foydalangan Intel mobil çiplari raqobatda yengildi. Buning ustiga Intel 5G-modemlar işlab çiqarişda yetakçi bölolmadi. Şu bois Apple Qualcomm bilan uzoq yillik nizoni bartaraf etişga va u bilan kelişişga majbur böldi.
Agarda uşbu yönalişda rivojlanişga erişa olsa, Apple öz çiplarini işlab çiqaradi va boşqa işlab çiqaruvçilardan voz keçadi.

















