Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi kemaçiligi sohasida xavfsizlikni ta'minlaşga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:
       
Özbekiston Respublikasi içki kema yöllarida suziş qoidalari;

Daryo transportini texnik işlatiş qoidalari;

Daryo transportida yuk taşiş qoidalari tasdiqlanişi mumkin.

Içki kema yöllarida suziş qoidalariga köra, ular Özbekiston Respublikasining içki kema yöllari hamda tabiiy va sun'iy barpo etilgan suv havzalarida suziş davrida suziş vositalarini işlatiş va foydalaniş, kemalar yuradigan suv yöllari va suv inşootlarini saqlaş bilan boğliq kemaçilik bilan şuğullanayotgan kemalarning ekipajlari, yuridik şaxslar va yakka tadbirkorlarga tatbiq etiladi.

Içki kema yölida harakatlanuvçilar boşqa harakatlanuvçilarning harakatlanişiga xavf tuğdirmasliklari kerak. Tegişli vakolatga ega bölmagan yuridik va jismoniy şaxslarga navigatsiya belgilarini va harakatlanişni taşkil etişning boşqa texnik vositalarini özboşimçalik bilan olib taşlaş, örnatiş, tösib qöyiş va şikastlantiriş taqiqlanadi.

Qoidalarning bajarilmaganligi yoki kemani odatdagi boşqariş amaliyoti yoki mazkur holatning alohida vaziyatlariga rioya etiş talablariga befarqlik, biror-bir ehtiyotsizlik tufayli yuz beradigan oqibatlar uçun javobgarlikdan ozod etmaydi.

Kemalarning va tarkiblarning gabaritlari yöl gabaritlariga mos bölişi kerak. Bu talablarni bajarmaganlik uçun quyidagilar javobgar hisoblanadilar:

dispetçer – gabariti mos bölmagan kema va tarkibni jönatiş uçun bergan buyruği uçun;

reyd kapitani – tarkibga kemalarni notöğri joylaştirgani va gabariti mos bölmagan tarkibni şakllantirgani uçun;

kema kapitani – gabariti mos bölmagan tarkibni şatakka qabul qilgani va qatnovga çiqqani uçun.

Kemalarning jihozlari, ta'minoti, texnik holati va ekipaj bilan butlanganligi Registr Qoidalari va uşbu Qoidalar talablariga javob berişi şart.

Içki kema yöllarida suzişga, örnatilgan tartibda kema reyestriga kiritilgan kemalarga ruxsat etiladi.