Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyulda qabul qilingan “Içki işlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 556-son qarori bilan içki işlar organlarining yöl-patrul bölinmalari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar hamda planşetlar bilan ta'minlaş 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

Foto: IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarma

Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining xabariga köra, joriy yilning 22 iyulidan Toşkent şahrida bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida işlatib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş işlari boşlandi.

YPX inspektorlari haydovçi bilan muloqotga kirişganda, ularning suhbatlari bodi-kameraga yozilayotgani haqida ogohlantiradilar. Sinov-tajriba natijalari komissiya tomonidan körib çiqilib, işlab çiqaruvçi taşkilotga tegişli taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.

Yana şuni ta'kidlaş joizki, bugungi kunda bodi-kameralar bilan birga YPX inspektorlari uçun maxsus işlab çiqarilgan jiletlar ham sinovdan ötkazilmoqda.