Yevropada kuzatilayotgan anomal issiq harorat Belgiyaga ham öz ta'sirini körsatmoqda. Haroratning yuqorilaşi Eurostar tezyurar poyezdlari qatnovida uzilişga olib kelgan. Bu haqda BBC News telekanali xabarida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanişiça, yölovçilarni olib ketayotgan bir poyezd işdan çiqqan.

24 iyulda mamlakatda harorat 38,9 darajaga kötarilib, tarixiy rekord qayd qilindi. Belgiyada oxirgi marta bunday yuqori harorat uzoq 1947 yilda qayd qilingan.

Mamlakat rahbariyati ilk bor ob-havo xavfining eng yuqori – “qizil” darajasini e'lon qilgan.

Ayni vaqtda Yevropa hududini anomal issiq harorat qamrab olgan, halok bölganlar bor.