Bugun, 24 iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan soha mutaxassislari iştirokida vazirlik tomonidan işlab çiqilib, muhokamaga qöyilgan prezidentning «Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.

Bu farmon loyihasiga köra:

  • Davlat notarial idoralarini bosqiçma-bosqiç notariatning nodavlat şakliga ötkaziş;
  • Özbekiston Respublikasi Notarial palatasini taşkil etiş, uning asosiy vazifa va faoliyat yönalişlari;
  • Ayrim turdagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlaş tartibini bekor qiliş hamda yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etiş;
  • Uy-joyni boşqa şaxsga ötkaziş, mol-mulklarni ijaraga (arendaga), tekin foydalanişga berişda ayrim talablarni bekor qilgan holda uşbu bitimlarni rasmiylaştiriş jarayonlarini soddalaştiriş;
  • Masofadan turib, şu jumladan videokonferensaloqa orqali notarial harakatlar amalga oşiriş mexanizmini joriy etiş;
  • Fuqarolarni notarius kasbiy majburiyatlarini buzişi natijasida yetkaziladigan zarardan muhofaza qiliş maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi suğurtalaş;
  • Notariusga elektron murojaat qiliş mexanizmini takomillaştiriş orqali tekzor notarial xizmatlar körsatiş va boşqalar nazarda tutilgan.

Tadbirda notariuslarning nodavlat maqomiga ötişi natijasida ularning iş prinsipi qanday hujjatlarga asoslanişi, tuşum qanday taqsimlanişi haqida söraldi. Bu savolga Adliya vazirligi bölim boşliği Mas'um Hotamov javob qaytardi.

«Notariuslar nodavlat şaklga ötkazilganidan söng, albatta, faoliyati litsenziyalanuvçi taşkilotlar qatoridan joy oladi va ular tegişli tartibda litsenziya olişadi. Endi ularning tuşumlarini taqsimlaşga kelsak, hozirça bu masala yuzasidan aniq töxtamga kelinmagan, yuqorida ta'kidlanganidek, bu hali farmon loyihasi, u özgarişi mumkin. Notarial idora tomonidan undirilgan bojlar va boşqa yiğimlarni tasdiqlaş böyiça tegişli tartibda hukumat qarori qabul qilinişi kerak», - deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Loyiha bilan mana bu