Bugun, 25 iyul kuni Oliy Majlis Senatida Uy-joy kommunal xizmatlarini körsatiş vazirligining joriy yil birinçi yarim yilligida amalga oşirgan işlari töğrisida hisoboti tinglandi. Anjumanda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi rahbariyati vazirlikka sohaga oid qator masalalar yuzasidan savollar berişdi. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari Nazirjon Nazirov köp qavatli uylar böyiça hal qilinişi lozim masalalarni aytib ötdi.

«Respublikada 34 mingdan ortiq köp qavatli uylar bor. Ularga 4 ming 500dan ortiq şirkatlar xizmat körsatib kelmoqda. Köp qavatli uylar holatini yaxşilaş maqsadida tijorat banklaridan jami 1,3 trln söm yönaltirildi. Bugungi kunda uy-joy şirkatlari 150 mlrd söm kreditni qaytara olmayapti.  Joriy yil yanvar oyida vazirlik qoşidagi inspeksiya tomonidan har bir köp qavatli uyni 200ta parametr böyiça inventarizatsiya qilib çiqdik. Aniqlandiki,  454ta köp qavatli uylar ta'mirtalab uylar hisoblanadi. Eng katta muammomiz ham şu. Ularni ta'mirlaş uçun mablağ topiş masalasi oçiqligiça turibdi».

Hisob palatasi vakili Sardor Ahmadjonovning aytişiga köra, 454ta avariya holatidagi köp qavatli uylarning 262tasida hududlardagi loyiha taşkilotlari tomonidan tegişli xulosalar berilgan, 53tasini buziş, 209tasini ta'mirlaş lozimligi aniqlangan. Ammo 192ta köp qavatli uylarning texnik holati haqida hududiy loyiha taşkilotlaridan xulosalar olinmagan.

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömita raisi birinçi örinbosari Tolibjon Madumarov 192ta uy-joylarning texnik holati nima uçun örganilmagani sababini vazirlikdan söradi. Vazir örinbosari Nazirov Moliya vazirligi tomonidan mablağ ajratilmagani bunga sabab bölganini aytdi.

Moliya vazirligi boşqarma boşliği Zokir Bozorov vaziyatga izoh berdi. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi mablağ yuzasidan murojaat qilgani, ammo loyiha hisob-kitoblari talabga javob bermagani uçun bu sörov rad etilganini ta'kidladi. Hozirça faqat Sirdaryo viloyati böyiça 600 mln söm ajratilgan. Qolgan hududlar uçun esa aniq takliflar berilsa, Moliya vazirligi tomonidan amaliy harakatlar boşlanadi.