Yakkaboğda sodir bölgan voqea, tadbirkorning hokim örinbosari ötirgan ekskavatorga benzin sepib, yoqib yuborişi juda köplab savollarni yuzaga keltirmoqda. Ulardan birinçisi — bu köngilsizlik hududda tasodifan yuz berdimi yoki voqealar rivojlanib pişib yetilganmidi?

Aslini olganda, tadbirkorlar tumandagi «Eski Yakkabog‘» mahallasidagi bir qator bino va inshootlar buzilishi borasida butunlay bexabar bo‘lgan, deya olmaymiz ham. Ammo ular o‘z binolari buzilmasligiga qattiq ishonishiga asos bor edi. Sabab — buzilish bo‘yicha ularning qo‘liga ogohlantiruvchi biror hujjat berilmagandi.

Ana şunday holat bölgani holda hududda öttizga yaqin tadbirkorning binolari buzib taşlandi. Buzilganda ham, evaziga heç qanday kompensatsiya tölanmasdan! Bor-budini şu dökonlarga tikkan, rözğori va bola-çaqasining kuni ötişi şu dökonlarga qarab turgan tadbirkorlarda, tabiiyki, keskin norozilik paydo bölgan. Ulardan biri — tadbirkor Bahriddin Isomov edi.

Bu tadbirkorga binosi buzilişi böyiça kelgan rasmiy hujjatning imzolangan sanasiga oldingi maqolada töxtalib ötdik — 2019 yil 20 iyul. Tadbirkorning yaqinlari hokimlik vakillari ogohlantiriş xatini voqeadan bir kun ötib keltirişganini tasdiqlaşmoqda. Şu sababdan, ekskavator kelgan kuni binoning yuqori qavatida işçilar bölgan, yertölada esa qariyb 100 million sömlik mahsulotlar turgan.

Bir holatga alohida töxtalişni istardik: B.Isomovning buzilişga tuşgan binosi jami 84 kvadrat metrdan iborat. Ana şu ixçam ikki qavatli binoda u 6 kişini iş va doimiy daromad bilan ta'minlagan. Kamçiligi esa u kadastr hujjatlariga ega bölmagan.

Tadbirkorning öğli Ş.Daminovning aytişiça, öz vaqtida kadastr hujjatlari bino qurib bitkazilgaç tayyorlab berilişi va'da qilingan. Bino qurib bitkazilgaç, esa mana bu voqealar boşlanib ketgan.

Umuman, gap tadbirkorning qölidagi hujjat kamçiligida ham emas, çunki barça hujjatlarga ega bölgani holda dökonlari buzilgan boşqa tadbirkorlar ham kompensatsiya olişmagan.