Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligining taşqi işlar va hamjamiyat işlari davlat kotibi Dominik Raabga lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubi yölladi. 

«Sizni Taşqi işlar va Hamjamiyat işlari Davlat kotibi lavozimiga tayinlanganingiz bilan tabriklaşdan bağoyat mamnunman.

Biz Sizni Buyuk Britaniyaning global roli va xalqaro nufuzini mustahkamlaşga xizmat qilayotgan atoqli siyosatçi deb bilamiz.

Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi Özbekistonning Yevropadagi asosiy şeriklaridan biri hisoblanadi. Işonçim komilki, bizning birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz Özbekiston va Buyuk Britaniya örtasidagi döstlik va özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga özimning eng ezgu tilaklarimni va yuksak hurmatimni izhor etaman», - deyiladi Komilovning TIV saytida e'lon qilingan tabrik maktubi matnida.