Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi yangilangan Dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalari muhokama qilinmoqda. Uşbu jarayonda Bank-moliya akademiyasining moliya kafedrasi mudiri Dilşod Rahmonov ham öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşib, valutafuruşlar haqida gapirdi.

«Hozirgi kunda jinoyatçilik butun dunyoda kamaymoqda. Yevropada öqigan paytlarimizda ham körganmiz - qamoqxonalarda odamlar qolmayapti, u yerda işlaydiganlar böşab ketyapti. Buni örgansangiz, jinoyatçilik kamayib borayotganiga guvoh bölasiz. Sabab nima - ular jinoyatçilikni kamaytirmayapti, balki jinoyatçilikning maqomini özgartiryapti. 

Hozirgi kunda bozorlarimizda valutafuruşlar bor. Lekin ularga hozirgaça jinoyatçi sifatida qaraymiz. Biz ularga jinoyatçi sifatida emas, soliq tölovçi sifatida qaraşimiz kerak. 5-6 yil oldin bankka kirib, dollarni yevroga almaştirmoqçi böldim. Biroq, bunday xizmat körsatilmasligi haqida aytişdi. Vaholanki, bu kabi xizmat ularda xususiy sektor körsatar ekan. Biz ularga xususiy maqom, xususiy faoliyatni olib borişga ruxsat berib, soliqqa tortişimiz kerak. Valutafuruş bölsa nima qilibdi? Ular ham özimizning fuqaro. Ularni soliqqa torsak, bu bizga yana bir baza böladi. Bunda valuta bilan şuğullanişni tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiruvçi litsenziya röyxatiga qöşib qöyiş kerak. Uning uçun alohida qonun işlab çiqiş şart emas, qonunçilikka özgartiriş kiritiş yetarli. Şunda jinoyat soni ham kamayadi», - dedi Dilşod Rahmonov.

Bundan oldin, «Valutani tartibga soliş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi xabar berilgandi.