Joriy yilning 26 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fuqarolarning soğliğini saqlaş masalalari qömitasi Respublika ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarining “Aholiga ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini körsatişning holati töğrisida”gi axborotini eşitdi.

Ta'kidlanişiça, sil kasalligiga çalingan bemorni 2 soat içida aniqlaş imkonini beradigan beş tabaqali laboratoriya tizimi yölga qöyilgan. Toşkent, Nukus va Samarqand şaharlarida xalqaro sertifikatga ega bölgan, jahondagi kuçli önta laboratoriyalar safiga kirgan Milliy referens laboratoriyalari faoliyat körsatmoqda. Faol sil jarayonini aniqlaş maqsadida “Diaskin test” usuli amaliyotga tadbiq qilingan. Şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tavsiyasiga köra, latent sil bilan oğrigan şaxslarni vaqtida aniqlaş va profilaktik çoralar köriş uçun tuberkulin diagnostika yölga qöyilgan. Natijada, 2018 yil yakuni böyiça sil bilan kasallaniş 2017 yilga nisbatan 4,5 foizga, 2015 yilga nisbatan 9 foizga kamaygan.

Şu bilan birga, sohada amalga oşirilgan ijobiy işlar bilan bir qatorda, qilinişi lozim bölgan köplab vazifalar turgani, öz yeçimini kutayotgan ayrim muammolar mavjudligiga e'tibor qaratildi. Masalan, joylardagi tibbiyot muassasalari sil kasalligini erta aniqlaş maqsadida qöllaniladigan tuberkulin preparati bilan töliq ta'minlanmagan, taşkil etilgan hududlararo bakteriologik laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasi va ştat me'yorlari bugungi kun talabiga töla javob bermaydi, hududlardagi silga qarşi muassasalarida sohaning tor yönalişdagi mutaxassislariga ehtiyoj yuqoriligi aytib ötildi.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi, Soğliqni saqlaş, Moliya, Iqtisodiyot, Taşqi işlar, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirliklariga aholiga körsatilayotgan ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini takomillaştiriş borasida amalga oşirilişi belgilangan vazifalarda hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan takliflar berildi. Şuningdek, joylarda faoliyat yuritayotgan Referens laboratoriyalari faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan tavsiyalar tayyorlanib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladigan böldi. Uşbu masalalarni aks ettirgan va sohadagi muammolarni bartaraf etişga qaratilgan amaliy tavsiyalar qömitaning tegişli qarorida aks etdi.