Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning kelgusi prezidenti bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda ikkinchi o‘rinni oldi
Jozef Bayden va Donald Tramp / Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali tomonidan bo‘lg‘usi davlat rahbari kim bo‘lishiga doir ijtimoiy so‘rovda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Mediaite xabar qilmoqda.
Nashrning yozishicha, aksariyat amerikaliklar 2020 yilda bu lavozimda demokrat Jozef Baydenni ko‘rishni istayotganlarini bildirishgan. Qayd etilishicha, uning reytingi 10 punktga ko‘tarilgan.
Tramp ertalabki Fox & Friends shou dasturi orqali namoyish qilingan so‘rov natijalaridan g‘azablanganini Twitter sahifasida izhor qildi, deyish mumkin. U hech qachon bu siyosatchiga mag‘lub bo‘lmasligini ta'kidladi.
.@FoxNews is at it again. So different from what they used to be during the 2016 Primaries, & before - Proud Warriors! Now new Fox Polls, which have always been terrible to me (they had me losing BIG to Crooked Hillary), have me down to Sleepy Joe. Even considering.....
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) July 26, 2019
76 yoshli amerikalik siyosatchi Jozef Bayden o‘z faoliyati davomida uch marta (1988, 2004 va 2008 yy) prezident saylovlarida ishtirok etgan yoki ishtirok etish istagini bildirgan. 1973 yili, 30 yoshida Delaver shtatidan senatorlikka saylangan. 2016 yili Tramp vakolatlari tugagach, prezidentlik kurashida qatnashishga tayyorligini bildirgan edi.
Jozef Bayden sobiq Yugoslaviyani bombardimon qilish, AQShning Iroqqa bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
17:29 / 02.02.2026
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08 / 02.02.2026
Grenlandiyaning tub aholisi kimlar va u qanday qilib Daniyaga tegishli bo‘lib qolgan? AQSh nega bu orolga qiziqmoqda?
15:12 / 02.02.2026