Yevropa Ittifoqi AQŞ federal hukumatining ölim jazosi ijrosini qayta tiklaşga doir qarorini qoraladi. Rasmiy Bryussel bayonotiga köra, Amerika federal hukumatining 16 yillik moratoriydan söng, ölim jazosini ijro etiş amaliyotiga qaytişi Inson huquq va erkinliklari umumjahon deklaratsiyasiga ziddir. YeI taşqi siyosat va xavfsizlik qömitasi şunday bayonotini e'lon qildi. 

«16 yil davom etgan moratoriydan söng, AQŞ Adliya vazirligi ölim jazolarini ijro etişni qayta boşlaşini xabar qildi. Bu qaror uşbu jazo turini dunyo böylab yöqotişga bölgan urinişlarga ziddir. Ölim jazosi Inson huquq va erkinliklari Umumjahon deklaratsiyasida ta'kidlangan insonning yaşaş huquqini buzadi. Bu şafqatsiz, ğayriinsoniy va insoniyat jamiyati qadr-qimmatini kamsituvçi jazodir», - deyiladi bayonotda. 

Hujjatda ta'kidlanişiça, YeI «ölim jazosini mutlaq qoralaydi va uning bekor qilinişi uçun kuraşadi».

Bundan taşqari, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça Byurosi (DIIHB) AQŞ federal hukumatining ayni qarorini tanqid qildi. Byuro boşliği Ingibyorg Solrun Gisladottir Twitter sahifasida şu haqda bayonot qoldirdi. 

«Qöşma Ştatlar Adliya vazirligining federal ölim jazosi - şafqatsiz, ğayriinsoniy va qadr-qimmatni puçga çiqaruvçi jazoni qayta tiklaş qaroridan hafsalam pir böldi. DIIHB köp bora takrorlaganidek, YeXHTning barça mamlakatlari ölim jazosini butunlay bekor qilişni körib çiqiş majburiyatini olgan», - deb yozdi Byuro rahbari.