«Buni qanday qilib yodlayman?» — har bir yangi kitob varaqlanişi oldidan maktab bitiruvçilari va talaba bölişni istagan barça yoşlar bu savolni takrorlab turişadi. «Qanday qilib özimni qölga olişim va hayajonlanmasligim mumkin?», «Javobni umuman eslay olmasam nima qilaman?» Quyida şu kabi savollar va ortiqça kuç sarflamasdan imtihonni omadli ötkazişga oid tavsiyalar bilan taniştiramiz.
Imtihon oldi maşğulotlar va sinovlar boşlanayotgan paytdagi asabiy taranglik barçani qamrab oladi. Imtihon kunlari ham yetib keldi. Qanday qilib muvaffaqiyatli topşiriş mumkin? Test sinovlarining bezovtali kunlarini natija va soğliqqa maksimal darajada foydali va hattoki xuşçaqçaqlik bilan ötkaziş mumkinmi?
Quyida eng keng tarqalgan 4 «qoida» va ularga kognitiv psixoterapevtning izohlari.
1. Eng oxirgi kun iloji boriça köproq ma'lumot bilan tanişib çiqiş kerak. Qisqa muddatli xotira ularni eslab qoladi va ertangi imtihonda qöl keladi
Uşbu strategiya matematik tafakkurga ega, xotirasi yaxşi va mantiqiy fikrlay oladiganlarga mos kelişi mumkin. Biroq umumiy olib qaraganda juda foydali usul hisoblanmaydi. Nima bölganda ham xotiramiz hajmi çegaralangan va afsuski u bizning töğridan-töğri körsatmalarimizga böysunmaydi.
Agar kun davomida töliq 24 soat miyani yangi ma'lumotlar bilan töldirişda davom etilsa, xotiraga haddan taşqari köp yuk tuşadi va imtihon vaqtida u siz bilan yomon hazil qila boşlaydi. Oxirgi daqiqada «örganilgan» bilimlar kerakli vaqtda yodda kelmasligi mumkin. Savollarni öqiysiz va ... heç narsani eslay olmaysiz. Yoki raqamlar, yillar va formulalarni çalkaştira boşlaysiz.
Imtihonni kutilgan natijaga topşiriş uçun boşidanoq qizib turgan bölmaslik kerak. Agar öquvçi bilimlarni egallaşga öta köp quvvatini sarflab yuborsa, sinov davrida na hissiy va na aqliy kuçga ega holatda keladi. Şuning uçun eng yaxşisi kuniga 3-4 soat şuğullaniş kerak, nafaqat yangi ma'lumotlar bilan tanişiş balki avvalgi egallanganlarini takrorlab turiş ham tavsiya etiladi.
2. Imtihon oldi sönggi kunda tayyorlanişni mutlaqo töxtatiş zarur: miya ozroq «sovisin»
Agar öquvçi yil davomida töliq şuğullanib bölgan bölsa, bu yomon fikr emas. Xuddi şuningdek ikki-uç oy oldin har bir mavzuga oid 20-30 öxşaş misollarni bajargan bölsa, u allaqaçon yeçimni qanday topiş mahoratini özida şakllantirgan va takrorlab ötirişga hojat yöq.

















