13 iyul kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan Parkent 2 köçasida yaşovçi aholi vakillari bilan uy-joy buzilişi masalasida uçraşgandi. Hokim buziliş işiga mas'ul quriliş kompaniyasi vakiliga ijobiy natijani körsatiş uçun muddat belgilangan.
Muddat yakunlangaç, Kun.uz muxbiri Parkent 2 köçasidagi aholi bilan muloqot qildi. Vaziyat deyarli özgarişsiz qolgan.Biz buziş işlarini yakunlaşga nimalar töğanoq bölayotgani bilan qiziqdik.
«Buziş işlari boşlanganda hokimning tegişli qarori körsatilmadi, heç qanday xat va ogohlantirişsiz iş boşlangandi. Ayrim xonadon egalari bilan oldi-sotdi şartnomasi körinişida kelişuvga erişib, uylar buzilişi boşlandi. Kompaniya heç kim bilan muzokara olib bormadi, balki köçirib yuboriş bilan tahdidlar qildi. Qöşnimiz uyda bölmagan payt buldozer bilan hojatxonani buzib taşlaşdi», — deydi Lolita Melixova.
Ta'kidlanişiça, «Ali akbar stroy servis» MÇJ Parkent 2 köçasida belgilangan hududda buziş işlarini örnatilgan tartibda yakuniga yetkazsa, quriliş kompaniyasiga şaharning boşqa hududidan böş yer-maydon taqdim etilişi aytilgan. Kompaniya işonçli vakili Sanjar Isroilovning aytişiça, hozirga qadar 64ta xonadonning 32tasi rozi qilindi.
Hokim iştirokida ötgan tadbirkor va aholi uçraşuvida, şundan söng, muxbir bilan sözlaşgan aholi vakillarining gaplaridan bir narsani xulosa qiliş mumkin: buziş işlariga heç kim qarşi emas, kompensatsiya masalasini örnatilgan tartibda hal qiliş lozim, xolos.
«Şu yilning 18 fevral kuni bizga notaniş odamlar uyimiz atrofida paydo bölib, yollanma işçilar bilan bir xonadonda buziş işlarini boşladi. Ularning kimligi, nimaga asoslanib şunday qilayotganiga qiziqdik. Odamlar yaşab turgan uyning qöşni devorlari buzilayotgani bizni ajablantirdi. Ular mazkur uyni sotib olganini gapirdi, lekin hujjatlar taqdim etilmadi. Bir neça kun ötib, şu uyning tom qismini ham buziş boşlandi. Içki işlar xodimlari va hokimiyat vakillari aralaşuvi bilan iş töxtadi. Agar mahallada buziş işlari boşlansa, tartib va qoida böyiça işlar taşkil etilişi kerak emasmi?», — deya qöşimça qiladi Lolita.
Mavhum vaziyatda buziş işlari boşlanganidan çöçigan xalq noroziligini keskin körsatib, ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatgan, bu masala OAVda yoritila boşlandi.















