Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalarining asosiy ko‘rsatkichlari;

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida lalmikor yerlarda barpo etiladigan yangi intensiv texnologiyali bog‘ va tokzorlarning manzilli ro‘yxati;

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida muhandislik kommunikatsiya, yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar;

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ta'lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa turdagi ijtimoiy soha obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va foydalanishdan chiqarib yuborilgan yerlarni foydalanishga qaytarish chora-tadbirlari.

Dastur parametrlarining bajarilishini ta'minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish vazifasi Qashqadaryo viloyati hokimligi zimmasiga yuklandi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda Qamashi tumanida ipakchilikni rivojlantirish uchun 2 000 gektar tut plantatsiyalari tashkil etilishini ta'minlaydi.