Nursulton Nazarboyev Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Toqayev bilan uçraşdi. Bu haqda Elbasy.kz xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, uçraşuv vaqtida tomonlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni, şuningdek oldinda turgan işlar rejasini muhokama qilişgan.
Uçraşuvda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va fuqarolik institutlarini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratildi.

Eslatib ötamiz, şu yilning 19 mart kuni Qozoğistonga qariyb 30 yil prezidentlik qilgan Nursulton Nazarboyev jonli efirda mamlakat aholisiga murojaat qilib, iste'foga çiqişini e'lon qilgandi.
Uning örniga Senat raisi Qosim-Jömart Toqayev prezident vazifasini vaqtinça bajaruvçi böldi. 9 aprel kuni mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari bölib ötişi haqida e'lon qilindi va 12 iyun kuni ötkazilgan saylovlarda Toqayev saylovçilarning 70,76 foiz ovozini olgan holda mamlakatning yangi prezidentiga aylandi. Uning hokimiyatga kelişi Qozoğistonning asosiy şaharlaridagi norozilik namoyişlari bilan birga keçdi.












