Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi davlatlararo tutashuv punkti ochildi
Foto: O‘zA
Sirdaryo va respublikaning boshqa viloyatlaridan Qozog‘iston Respublikasining janubiy hududlariga jo‘natiladigan yuklar endi yangi ishga tushirilgan Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti orqali yuboriladi.
O‘zA’ning yozishicha, Qozog‘iston Respublikasi tomonidan tashishga qabul qilingan yuklarning O‘zbekiston temir yo‘llari orqali MDH mamlakatlariga tranzit o‘tkazilishi ta'minlanadi.
Xabarda qayd etilishicha, ayni kungacha Keles hamda Qoraqalpog‘iston davlatlararo tutashuv punktlari orqali yuklar rasmiylashtirilib, poyezdlar qatnovi amalga oshirib kelinayotgan edi.
– Bu davlatlararo tutashuv punktining ochilishi tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini qo‘shni davlatning janubiy hududlariga eksport qilishida qulaylik tug‘diradi. Ya'ni mahsulotlarning manziliga yetib borishiga kam vaqt sarflanadi, ish faoliyatini yanada rivojlantirishga imkon berdi, – dedi “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli“ unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i Elbek Shamsiyev. – Bundan tashqari, ushbu ochilayotgan yangi davlatlararo tutashuv punkti Qozog‘iston Respublikasining janubiy hududlari bilan ko‘proq tovar ayirboshlashga xizmat qiladi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, hozirgi kunda Keles davlatlararo tutashuv punktidan bir sutkada o‘rtacha 20, 22 yuk poyezdi mamlakatimizdan Qozog‘iston Respublikasiga va ushbu davlat orqali MDH mamlakatlariga jo‘natilayotgan bo‘lsa, sutka davomida yana shuncha yuk poyezdi yurtimizga qabul qilib olinadi.


Ta'kidlanishicha, endilikda Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti ishga tushirilishi bilan, sutkasiga qo‘shimcha 3 juft yuk poyezdi aylanmasiga zamin yaratadi. Bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi uchun ham iqtisodiy samara berishi aytiladi.
Mavzuga oid
15:42 / 09.01.2026
“Sen “go‘sht”san, o‘liging ham, tiriging ham bizniki, deyishdi” – Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan sirdaryolik yigit hikoyasi
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
09:13 / 27.12.2025
Bozor xizmatlari hajmi e’lon qilindi: eng past ko‘rsatkich Sirdaryoda
19:24 / 20.12.2025