Joriy yilning 30 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Pokistonning Ravalpindi şahrida uşbu davlat quruqlikdagi qöşinlar ştabi (COAS) boşliği, general Kamar Javed Bajva bilan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvda özaro va professional qiziqişga sabab bölayotgan masalalar muhokama qilinib, ikki mamlakat örtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, şuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi umumiy vaziyatga alohida e'tibor qaratildi.
Ikkala tomon ham harbiy aloqalarni, ayniqsa, kadrlar tayyorlaş va terrorizmga qarşi kuraş sohasida yanada optimallaştirişga kelişib oldilar. Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Pokiston armiyasiga professionallik va mintaqaviy barqarorlikni ta'minlaş borasidagi sa'y-harakatlari uçun minnatdorçilik bildirdi, deb xabar beradi Pokiston OAV.












