Özbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki iştirokida “Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” loyihasini amalga oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.
Qayd etilişiça, 2018 yil 18 dekabrda Jahon bankining Direktorlar kengaşi tomonidan “Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” dastlabki loyihasini amalga oşiriş uçun Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot bankining (XTTB) 100 million AQŞ dollari miqdoridagi qarz mablağlarini Özbekiston Respublikasiga taqdim etiş ma'qullangan;
loyiha doirasidagi tajriba-sinov şaharlari sifatida Yangiyöl (Toşkent viloyati), Kogon (Buxoro viloyati) va Çortoq (Namangan viloyati) belgilangan.
Quyidagilar loyihani moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:
XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni qöşib hisoblaganda qaytariş muddati 30 yil bölgan 100 million AQŞ dollari miqdoridagi qarz mablağlari;
Özbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlaridan, şuningdek, köçib ötiş böyiça xarajatlarni qoplaşdan iborat ekvivalenti 24,12 million AQŞ dollari miqdoridagi hissasi.
Belgilanişiça:
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi loyihaning öz vaqtida amalga oşirilişi, şuningdek, XTTB qarz mablağlaridan maqsadli va samarali foydalaniş uçun mas'ul ijro etuvçi organ hisoblanadi;
loyihani amalga oşirişni umumiy muvofiqlaştiriş Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tomonidan amalga oşiriladi;
loyihani amalga oşiriş doirasida XTTB qarz mablağini söndiriş, şuningdek, foizlar, vositaçilik haqi va boşqa çiqimlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti va tegişli viloyatlarning mahalliy budjetlari mablağlari hisobidan teng uluşlarda qoplanadi.
Quyidagilar:
“Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
“Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş uçun jalb etilgan Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot bankining qarz mablağlari böyiça asosiy qarzni söndiriş, foizlar va vositaçilik haqini tölaşning prognoz grafigi;












