Bojxona xodimlari tomonidan bojxona qonunbuzilişi holatlariga qarşi samarali kuraş olib borilmoqda.

Xususan, Toşkent şahar bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilişi holatlariga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan “Toşkent-tovar” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida saqlanayotgan tovarlar hujjatlarda körsatilgan tovarlar bilan mutanosibligi tekşirildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tekşiruv jarayonida xorijdan poytaxtimizdagi mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan konteynerlarning biridagi 34 985 dona umumiy qiymati 1,4 milliard sömlik “öt öçirgiç moslamasi qismlari”ga körsatilgan taşqi iqtisodiy tovar nomenklatura kodlari notöğri kiritilgani aniqlandi.

Şuningdek, yana bir holatda “Ark-buloq” bojxona postida xorijdan keltirilgan tovarlar belgilangan tartibda tekşiruvdan ötkazildi.

Natijada, xorijdan poytaxtimizdagi mas'uliyati çeklangan jamiyatlarning birini nomiga olib kelingan quriliş tovarlarining hujjatlarda qiymati 761 941 AQŞ dollariga kam körsatilgani foş etildi.

Şu tariqa qonunbuzardan 2 milliard söm bojxona tölovlari undiriladigan böldi.

Ayni paytda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda