24 yoşli qozoğistonlik jangçi Şavkat Rahmonov UFC bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda uning menejyeri Sayat Abdrahmonov Instagram sahifasida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

«Şavkat Rahmonov UFC bilan şartnoma imzoladi va tarixga eng yaxşi MMA taşkiloti bilan şartnoma imzolagan qozoğistonlik birinçi jangçi sifatida kiradi. Debyut noyabrga rejalaştirilgan. Şavkat birinçi böldi, ammo, işonçim komilki, u mamlakatimizning UFC'dagi sönggi vakili bölmaydi», - deb yozadi Abdrahmonov.

MMA’da Şavkat Rahmonovning professional debyuti 2014 yil noyabr oyida bölib ötdi. Şu yil mart oyida u ikkinçi yarim örta vaznda M-1 Global çempionlik kamarini qölga kiritdi, iyun oyida esa kamarini birinçi marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangçi 12ta jangda 12ta ğalabaga erişgan.

Qayd etilişiça, Şavkat Rahmonov Özbekistonda tuğilib ösgan. Millati böyiça u qozoq.

Jangçining Vesti.kz’ga bergan intervyuda aytişiça, bundan oldin bozorda yuk taşuvçi bölib işlagan. Jang san'atidagi doimiy maşğulotlar tufayli u MMA’da ğalabalarga erişişga muvaffaq böldi.