Xotin-qizlarning 23ta toifa bo‘yicha kartotekalari shakllantiriladi - Toshkent shahar hokimligi
Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida joriy yilning 27 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligidagi Qo‘shma qaror ishlab chiqildi va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlandi.
20-27 iyul kunlari davomida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilbar Najmutdinova raisligida 10 ta tumanda yig‘ilishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan yig‘ilishlarda 508 ta mahallalarning xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, mahalla raislari, tumandagi mas'ul tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishlarga ko‘ra, tuman hokimliklari huzurida “Tezkor shtab” hamda tuman IIB sohaviy xizmat xodimlari va Xotin-qizlar qo‘mitasining jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlovchi mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhlar faoliyati tashkil etiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, har bir mahallada mahalla mutaxassisi va profilaktika nozirlari tomonidan hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalarni shakllantirish va shu kabi vazifalar belgilab olindi.
23 ta toifa quyidagilar:
1. Muqaddam sudlanganlar
2. Jinoyat sodir etganlar
3. Probatsiya hisobidagilar
4. Giyohvandlar
5. Spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar
6. Tajovuzkor ruhiy kasallar
7. Jinoyat sodir etishga moyillar
8. Uzoq muddatga chiqib ketganlar
9. Uzoq muddatdan qaytganlar
10. Ma'naviy ko‘makka muhtojlar
11. Farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchilar
12. Odob-axloq doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
13. Oila munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
14. IIB va ta'lim muassasalari hisobidagi qizlar
15. Suitsid sodir etgan xotin-qizlar
16. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar
17. Ishsiz xotin-qizlar
18. Kam ta'minlanganlar
19. Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi xotin-qizlar
20. Ro‘yxatsiz yashayotgan xotin-qizlar
21. Tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar.
22. Voyaga yetmagan qizlar (18 yoshgacha) va yosh qizlar (18-30 yoshlar)
23. E'tiborga muhtoj xotin-qizlar.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33
-
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:06
-
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi
Jahon | 22:49
Mavzuga oid

19:29 / 31.05.2025
Toshkentda yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar ishga tushdi. Aholi qanday fikrda?

22:30 / 30.05.2025
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

16:26 / 27.05.2025