Yevropa Ittifoqi Statistika idorasi - Eurostat e'lon qilişiça, YeI işsizlik darajasi 2000 yildan buyon ilk bora eng past körsatkiçni namoyon etgan. Ayni şu yildan işsizlik böyiça ma'lumotlar töplab boriladi, deya xabar qiladi DW.

Unga muvofiq, YeI işsizlik darajasi iyun oyida 6,3 foizni taşkil etgan. 

Yevro pul birligidan foydalanadigan 19 mamlakatdan iborat Yevrohududda bu raqam 7,5 foiz ekani aytilmoqda. Eurostat ta'kidiça, bu 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi «yevro hududida qayd etilgan eng past körsatkiçdir». 

Şu bilan birga, bu raqamlar Yevropa Ittifoqi böylab iqtisodiy ösiş sustligini körsatadi. YeI va Yevrohududda iqtisodiy ösiş 2019 yil ikkinçi çoragida 0,2 foizni taşkil etgan. Inflatsiya darajasi iyun oyidagi 1,3 foizdan iyul oyida 1,1 foizga pasaygan.