AQŞ joriy yilning 1 sentyabridan Xitoydan keltiriluvçi tovarlarga qöşimça 10 foizlik boj tölovini kiritişni rejalaştirmoqda. Bu çora Xitoydan keltiriladigan 300 mlrd dollarlik tovarlarga taalluqli böladi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Twitter’da ma'lum qildi.  

Tramp Pekin Vaşingtonga AQŞning qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotib oliş hajmini oşirişga va'da bergani, biroq buni amalga oşirmaganini eslatib ötgan. Tramp savdo muzokaralari davom etayotgani va AQŞ “Xitoy bilan keng qamrovli savdo bitimi tuzilişi böyiça ijobiy muloqotni” kutayotganini ta'kidlab ötgan.  

Xitoy AQŞdan sotib oladigan soya va makkajöxori kabi mahsulotlarning yirik importçisi hisoblanadi. Biroq 2018 yilda AQŞ bilan savdo qarama-qarşiligi boşlanişi bilan Xitoy AQŞdan qişloq xöjaligi mahsulotlari olib kirilişiga boj tölovlarini oşirdi va xarid hajmini kamaytirdi.

AQŞ-Xitoy munosabatlari 2019 yil may oyida muvaffaqiyatsiz yakunlangan savdo muzokaralaridan söng keskinlaşdi. Öşanda ikki davlat bir-biriga nisbatan özaro boj tölovlari kiritgan: AQŞ Xitoyning 200 mlrd dollarlik tovarlariga 25 foizlik, Xitoy esa AQŞning 60 mlrd dollarlik tovarlariga bojlar kiritgan. Şu bilan birga Tramp öz ma'muriyatiga Xitoyning qolgan importiga, şu jumladan 300 mlrd dollarlik tovarlariga boj tölovlarini oşirişni örganib çiqiş vazifasini topşirgan.