Toşkent şahrida World Influencers Congress ("Jahon Inflyuyenserlari Kongressi") birinçi xalqaro kongressi bölib ötadi. Uning doirasida dunyoning eng sara 100 nafar blogeri Özbekiston poytaxtiga taşrif buyuradi. Tadbir Özbekiston rahbariyatining yurtimizga kelayotgan sayyohlar sonini oşiriş hamda xalqaro maydonda mamlakat imijini yaxşilaş uçun innovatsion usullarni qöllaşga doir topşiriği ijrosi sifatida taşkil etilmoqda. Kun.uz muxbiri Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining maslahatçisi Behruz Hamzayevdan olingan ma'lumotlar asosida şu haqida xabar berdi.

Ma'lumot uçun: «Inflyuyenser» yoki nufuzli şaxs (inglizça - influencer) - bu muayyan auditoriya uçun fikri muhim ahamiyat kasb etuvçi kişilar. Inflyuyenserlarning Facebook, YouTube, Instagram, Twitter va boşqa ijtimoiy tarmoqlarda obunaçilari köp böladi. Ular bugungi kunda brendni ommalaştirişdagi eng maşhur, tejamli va samarali usullardan bölgan raqamli marketing lokomotivi hisoblanadi.
Behruz Hamzayevning ta'kidlaşiça, Birinçi Jahon Inflyuyenserlari Kongressi - bu dunyoning yetakçi blogerlari, raqamli fikrlar yetakçilari, ijtimoiy tarmoqlar uçun kontentlar yaratuvçilar va trendsetterlarga möljallangan platformadir. Kongressga taşrif buyurişi kutilayotgan har bir inflyuyenserlarning obunaçilari 1-15 million kişini taşkil qiladi.
"Kongress doirasida yangi «B2I» (Business2Influencer) formatidagi uçraşuvlarni ötkaziş rejalaştirilmoqda, unda mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş hamda inflyuyenserlar bilan töğridan-töğri hamkorlik qilişga doir kelişuvga erişiş imkoniga ega böladi. Bu öz mahsulotlari, brend va korporativ imijini zamonaviy usullar orqali tarğib qilişdan manfaatdor barça kompaniyalar uçun ajoyib imkoniyatdir. Bugunga kelib inflyuyenserlar iştirokidagi kampaniyalar eng muvaffaqiyatli hisoblanadi, zero milleniallar fikrlar yetakçilari postlarini yovlarça yoki reklama sifatida qabul qilişmaydi, aksinça, ularning fikriga quloq tutişadi", - deya ta'kidladi Hamzayev.
Konferensiya 2019 yilning avgust oyida ötkazilişi rejalaştirilgan bölib, unda dunyoning eng sara fikrlar yetakçilari, inflyuyenserlari, blogerlari, nufuzli şaxslari, media-personalar va internetdagi boşqa taniqli kişilar iştirok etişadi.
Ma'lum qilinişiça, kongress doirasida 100 ga yaqin xalqaro darajadagi inflyuyenser iştirok etişi kutilmoqda, bugunga kelib ularning 70 nafari tadbirda qatnaşişini tasdiqlagan.
Tadbirning rasmiy qismi tugaşi bilan Özbekistonning yirik şaharlari - Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga promo-tur taşkil qilinadi va u yerlarda Özbekistonning turistik salohiyatini oçib beruvçi ajoyib foto, video va yozma materiallar tayyorlanadi.

















