Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga qilgan ilk davlat taşrifi doirasida bir qator kelişuv va bitimlar imzolandi.

Ana şu hujjatlar orasida Özbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Belarus Respublikasi Axborot vazirligi örtasida ommaviy axborot vositalari, naşriyot va matbaa faoliyati sohasidagi hamkorlik töğrisidagi bitim ham bor.

Bugun Özbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va Belarus Respublikasi axborot vaziri Aleksandr Karlyukeviç örtasida bitim imzolandi. Uşbu hujjatda ikki mamlakat örtasida ommaviy axborot vositalari, naşriyot, matbaa faoliyati sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş va çuqurlaştiriş közda tutilgan. Har ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari, noşirlik va matbaaçilik faoliyatini amalga oşiruvçi taşkilotlar xodimlari iştirokida tanlovlar, seminarlar, körgazma-yarmarkalari va simpoziumlar ötkaziş rejalaştirilgan.













