Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Boş vaziri Sergey Rumas hamrohligida «Belarus» yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanişdi.

Uşbu park 2005 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirişga qulay muhit yaratiş, şu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida taşkil etilgan. 2014 yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yönalişlari kengaytirilgan.

Bugungi kunda «Belarus» YuTP dasturlaş, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uçun innovatsion yeçimlar, konsalting va boşqa yönalişlarda yetakçi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda işlab çiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmaçilari hisoblanadi. 

Prezidentga Yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qişloq xöjaligi, ekologiya va boşqa sohalar uçun yaratilgan innovatsion yeçim va işlanmalar haqida ma'lumot berildi.

Davlat rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining Özbekistonda taqdimotini taşkil etiş taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlaş, kadrlar tayyorlaş va tajriba almaşiş böyiça aloqalarni kengaytiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Şu bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy taşrifi nihoyasiga yetdi. Davlat rahbari Toşkentga qaytdi.