2019/2020 yilgi öquv yili Özbekiston davlat oliy ta'lim muassasalari uçun test imtihonlarini yangi tartibda ötkaziş joriy etildi. Abituriyentlar 29 iyul kunidan boşlab hujjat topşiriş vaqtida özlari belgilagan hududda 2 smenaga bölingan holda imtihon topşirişni boşlaşdi.
Test javoblari esa, avval xabar berganimizdek, test bölgan kunning ertasiga e'lon qilinişi ham yölga qöyildi. Bunda har bir abituriyent öz javoblar varaqasini ham, neçta savolga töğri javob bergani yoki bermaganini ham köra oladigan tarzda ma'lumotlar taqdim qilindi.
Kun.uz tahririyati Davlat test markazi bilan hamkorlikda respublika böylab test jarayonlarining şaffofligini ta'minlaş maqsadida imtihonlar ötkazilayotgan binolarga borib, test ötkazilişi, u yerlarda abituriyentlar va ota-onalar uçun barpo qilingan şaroitlar bilan tanişib bormoqda hamda jamoatçilik e'tiboriga havola etilyapti.
Xususan, Kun.uz muxbiri 2 avgust kuni Toşkentdagi «Yoşlik sport majmuasi» hamda «Özekspomarkaz»dagi pavilonlarda ötkazilgan test jarayoni bilan yaqindan tanişdi.

Ta'kidlaş örinliki, taşkilotçilar tomonidan puxta yölga qöyilgan. Abituriyentlar IIBB va Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan test binosiga sinçkovlik bilan tekşirilgan holda ötkazilmoqda. Abituriyent qizlar maxsus xonada tekşirilyapti.





Bevosita binoga kiraverişda örnatilgan kamera orqali abituriyent şaxsi Davlat personallaştiriş markazi orqali tasdiqlab olinmoqda. Tasodifan, biror abituriyent taşqi körinişi vaqt ötişi bilan pasportdagi suratiga öxşamaydigan darajada özgargan bölsa, yoki qizlar pardoz-andoz sababli pasportdagi suratidan farq qilsa, barmoq izi orqali ularning şaxsiga oydinlik kiritilmoqda. Ta'kidlaş örinliki, bularning barçasi sanoqli daqiqalarda amalga oşirilyapti.






























