Giyohvand va psixotrop moddalarni noqonuniy olib ötiş holatlarini oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlarga qaramay, bu kabi salbiy harakatlar hamon kuzatilayotgani açinarlidir.
Jumladan, “Ğiştköprik” çegara bojxona postiga qöşni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.M.ning xatti-harakatlari bojxonaçilarda bejiz şubha uyğotmagan ekan. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Uşbu fuqaro xolislar iştirokida şaxsiy körikdan ötkazilganida, egnidagi kiyimlarining çöntagidagi tamaki qutisida 50 dona “Tramadol” nomli tabletkalar borligi ma'lum böldi.
Şunga öxşaş yana bir holat. Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi “Jartepa” çegara bojxona postiga qöşni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro M.J. belgilangan tartibda nazoratdan ötkazildi.
Tekşiruv davomida uşbu şaxsning yuklari orasida bojxona yuk deklaratsiyasida körsatilmagan va bojxonaçilarning oğzaki sörovida ma'lum qilinmagan 40 dona “Tramadol” tabletkalari borligi ma'lum böldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.












