Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi keskin kuraş olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbir ötkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tezkor tadbir davomida fuqaro X.N.ning Zangiota tumanidagi xonadoni belgilangan tartibda xolislar iştirokida tekşirildi. Natijada, fuqaro xonadonidan 1 tup naşa ösimligi parvarişlanayotganligi va hovlidagi quyonxonada esa 44,23 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yaşirib qöyilganligi aniqlanib, xolislar iştirokida aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, Jizzax viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraş bölimi xodimlari Döstlik tumanida ötkazilgan tadbir davomida tumandagi fermer xöjaliklaridan birining dala maydoni hududidagi ariq yoqasida yovvoyi holda ösayotgan böyi 1-1,5 metrli yaşil rangli, öziga xos ötkir hidli 355 tup “kannabis” giyohvandlik ösimligi ösayotganligi aniqlandi.
Voqea joyida mazkur ösimliklardan 2 tupi xolislar iştirokida aşyoviy dalil sifatida olinib, qolgan 353 tupi esa belgilangan tartibda yöq qilindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.












