2019 yil 3 avgust kuni Toşkent şahrining Uçtepa tuman IIBga xabar tuşgan, deya ma'lum qildi Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.

Unga köra, şu yil 29 iyul kuni soat 16:00larda 2 noma'lum şaxs “TXAY-Izza” köçalari çorrahasida, Toşkent viloyati Qibray tumani Önqörğon MFYda yaşovçi 52 yoşli A.X. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomaşinasi old tomon eşigini buzib oçib, salonidan 9.800.000 söm pulini öğirlab ketgan.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Şayxontohur tumani Termiz tor köçasida yaşovçi 25 yoşli Ş.Ğ. va Çilonzor tumani 8-dahada yaşovçi 26 yoşli A.Yu.lar sodir etganliklari aniqlanib, uşlanganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.