Transferlar darçasi hali yopilmadi, ammo köplab klublar tarkibini yangilab, mavsum oldidan yakuniy körinişga keltirişga ulgurdi. Ayniqsa bu Angliya klublariga tegişli, Tumanli albionda çempionat şu uik-enddayoq start oladi va şundan keyin bu klublar futbolçi sotib ololmaydi. Quyida yozgi transferlar boşlanganidan buyon yangi futbolçilar uçun eng köp pul sarflagan 10 klub keltiriladi, bu klublar jami bölib 1,5 mlrd yevrodan köproq pul sarflaşgan. Bu röyxatdagi ayrim nomlar futbol muxlislarini hayron qoldirişi ham mumkin.
10. «Arsenal», 117 mln yevro
Kutilmagan holat: «Arsenal» va qimmatbaho xaridlar? Ammo londonliklar ham katta xarajat qila olarkan, buni «Lill»dan 80 mln yevroga sotib olingan Nikolya Pepe transferi isbotladi. Bu kelişuvning moliyaviy jihatlari töliq oşkor etilmadi, ammo bu pul fransuzlarga bir neça yil davomida bölib-bölib tölanadi. «Real»dan Dani Sebalosning ijaraga olinişi ham tarkibni jiddiy kuçaytirdi. Yana 30 million yevro Vilyam Saliba uçun sarflandi, ammo öng qanot himoyasida harakatlanuvçi bu futbolçi oldindagi bir mavsumni özining sobiq klubi «Sent-Eten»da ijara asosida ötkazadi. Jamoaga hali yana himoyaçi kerak, ikkita bölsa yana yaxşi. Klubning faxriy futbolçilaridan biri, sardor Loran Koselni «Bordo»ga ötmoqda, şuningdek, Şkodran Mustafi ham klubni tark etişi mumkin.
9. «Bavariya», 118 mln yevro
«Bavariya»ning ziqna xöjayinlari ham pul sarflaşga kirişdi va myunxenliklar köp pul sarflaydigan klublar reytingidan joy oldi. Robben va Riberining ketişi bunga asosiy sabablardan biri, ularning örnini töldiriş va yangi davrga qadam qöyiş kerak, hozirça myunxenliklar hujumida qanotlarda faqat Kingsli Koman va Serj Gnabri bor. Lekin mudofaa çiziği jiddiy kuçaytirildi: Benjamen Pavar 35 mln yevroga, Lyuka Ernandes 80 mln yevroga sotib olindi, ular kamida Dortmundning «Borussiya» klubiga qaytgan Mats Hummels örnini töldirişi, maksimum esa – Kimmix va Alaba jarohat olgan taqdirda, ularning örnini yopişi talab etiladi. Yangi futbolçilar markazda ham, qanotlarda ham harakatlana olişadi. Sönggi xabarlarga köra, klub qanotni kuçaytiriş uçun «Mançester Siti» vingeri Leroy Saneni sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Agar bu transfer amalga oşsa, myunxenliklar mazkur röyxatning yuqori qismiga joylaşadi: «Mançester Siti» özining germaniyalik futbolçisini faqat 120 mln yevrodan köproq narxga sotişga rozi böladi.
8. «Sevilya», 124 mln yevro
«Sevilya» — odatda öz futbolçilarini qimmatga sotib olib, kuçsiz çempionatlardan arzonroq futbolçilar sotib oliş bilan şuğullanadigan klublardan biri edi. Ammo hozir klubda global qayta quriş davri ketmoqda: klubga sport direktori Monçi qaytgan, Ispaniya terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Xulen Lopetegi klub boşqaruviga olib kelingan, tarkib esa radikal darajada özgarmoqda. Asosiy sotuvlar: Promes, Sarabiya va Muriel birgalikda klubga 50 mln yevroga yaqin mablağ keltirdi. Endi xaridlar haqida: çap qanot vingeri Lukas Okampos (15 mln yevro), ikki nafar markaziy hujumçi – Lyuk de Yong va Munas Dabbur (15 va 12 mln yevro), Xitoydan Nemanya Gudel erkin agent sifatida keldi, öz vaqtida «Siti»da öynagan Fernando 5 mln yevroga transfer qilindi. «Sevilya»ning transfer strategiyasidagi jiddiy özgarişni payqaş qiyin emas: endi klub tajribali futbolçilarga işonç bildirmoqda. Ammo talantli va yoş futbolçilar ham transfer qilindi: ikkita yoş markaziy himoyaçi («Bordo»dan Jyul Konde va «Ayaks»dan Maks Veber uçun 35 mln berildi. Umuman, «Sevilya» köp pul sarfladi va yangi tarkibga ega böldi. Bu tarkib qanday öynarkan?












