AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Hansman prezident Donald Trampga iste'foga chiqishga ariza yozdi. Bu haqda Salt Lake Tribune gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, diplomat o‘z lavozimini 3 oktyabrda tark etmoqchi.
Nashr o‘z saytida Hansmanning maktubi nusxasini joylashtirgan. Maktub 5 avgustda yozilgan.
Hansman kuzda Yutaga qaytmoqchi. U bu shtatda o‘z vaqtida gubernator bo‘lgandi va yana gubernatorlik kampaniyasini boshlamoqchi.
Jon Hansman AQShning RFdagi elchixonasiga 2017 yilning 3 oktyabridan buyon boshchilik qilib kelayotgandi.











