Özbekistonda 1996 yildan keyin proteksionizm, iqtisodiy jarayonlar ustidan nazoratga asoslangan iqtisodiyot modeli erkin iqtisodiy faoliyatga nisbatan sanoqsiz taqiq va çeklovlar hamda pora evaziga korrupsiyalaşgan amaldorlar tomonidan beriladigan çeksiz imtiyoz va preferensiyalar töplami bilan muvofiqlikda tarix sahnasini tark etişni aslo istamayapti.

1930-yillar boşida AQŞda «quruq qonun»ni bekor qilmoqçi bölişganida OAVda bunday qiliş aslo mumkin emasligi, spirtli içimliklar millat salomatligi uçun zararli ekanligi haqida turkum maqolalar çop etilgandi. Maqolalar uçun pulni spirtli içimliklar savdosi taqiqi ortidan katta mablağ işlayotgan va bu taqiqlar saqlanişidan manfaatdor mafiya tölagandi.

Hozir ham xuddi şunday bölyapti. Eski model ortidan kun keçirganlar islohotlarga, özlari odatlanib qolgan daromadli boquvçilaridan ajralişga aslo rozi bölişmayapti. Ular saqlanib qolişi uçun hamma narsaga tayyorlar. Yuqori mansablarda ötirib olib, ular nafaqat ötkazilayotgan islohotlarni sabotaj qilişyapti, balki ularni mafkura darajasiga kötarişyapti.

Şu kunlarda bir vaqtning özida qator naşrlarda qandaydir iqtisodçi Viktor Mirzayevning «Fritreyderlar» «proteksionistlar»ga qarşi» deb nomlangan maqolasi tarqaldi. Maqolasi çiqquniga qadar bu «iqtisodçi» haqida heç eşitmagandik. Harholda internetda bunday ism-şarifli muallif haqida heç gap yöq. Naşrlarning özi ham u haqida heç narsa demagan. Qörqmasdan taxmin qiliş mumkinki, u soxta.

Endi maqolaga kelsak. Aslida bu yerda muhokama qiladigan narsa yöq. Maqola iqtisodiyot fani nuqtai nazaridan mutlaqo savodsizlarça yozilgan va yolğonga asoslangan. Lekin baribir urinib köramiz...

Maqola proteksionizm va uni maqtaşga bağişlangan bölsa-da, muallif uning nimasini maqtaş kerakligini hatto öylab ham körmaydi. Uning izohi öta sirpançiq, uni har qanday vaziyatga nisbatan qöllaş mumkin: «mahalliy işlab çiqaruvçilarni himoya qiliş». Bu «izoh»dan foydalanib, proteksionizm har doim bölgan va milliy davlatlar mavjud ekan, bundan buyon ham böladi deb bemalol aytiş mumkin. Har qanday ongli davlat öz işlab çiqaruvçilarini reyderlik hujumlaridan, mulkçilik huquqi buzilişidan, turli «boş aylantirişlar»dan himoya qilib kelgan va himoya qiladi. Bu – davlatning töğridan-töğri majburiyati. Mazkur atama şunday erkin va keng talqin qilinadigan bölsa, u holda «proteksionizm»ga qarşi bölgan har qanday inson ahmoq hisoblanadi.

Proteksionizm aslida milliy işlab çiqaruvçilarni xorij mahsulotlari va işlab çiqaruvçilari bilan raqobatdan himoya qiliş. Agar istasak, xalqaro savdoni tartibga soliş böyiça: jahon bozoridan töliq izolyatsiya qilişdan tortib (Şimoliy Koreya) biror mahsulot uçun boj tarifini 1dan 2 foizga oşirişgaça deyarli har qanday çorani proteksionizm deb ataşimiz mumkin. Bular aslida mutlaqo boşqa-boşqa holatlar. Ammo proteksionizmni sevuvçilar özlarini bu tafovutlarni tuşunmayotgandek tutişadi: «Donald Tramp qilayotgan iş proteksionizmmi? Proteksionizm. Islom Karimov qilgan iş proteksionizmmi? Proteksionizm. Demak, Tramp Karimovning şogirdi va biz 20 yil davomida qilib kelgan iş töğri bölgan».