Toşkent şahar bojxona boşqarmasining “Boş poçtampt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari xorijdan yuborilgan ayrim jönatmalarda psixotrop tabletkalar borligini aniqlaşdi.

Xususan, fuqaro Ş.X. nomiga xorijdan yuborilgan poçta jönatmasi bojxona körigidan ötkazilganda, bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bölgan salkam 70 dona “Dexamol”, "Ambiem", "Lorivan" nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Şunga öxşaş yana bir holatda fuqaro S.I. nomiga yuborilgan poçta jönatmasida ham tarkibida psixotrop moddasi mavjud bölgan 130 dona "Acamol” va " Xanagis " nomli dori vositalari borligi ma'lum böldi.

Fuqaro A.A. nomiga kelgan poçta jönatmasi ham tekşirilganida jami 670 dona tarkibida psixotrop moddalari bölgan "Brotizolam Teva" va "Bondormin" nomli dori vositalari borligi foş böldi.

uningdek, fuqaro K.Ş nomiga yuborilgan poçta jönatmasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilganida oq kristallardan taşkil topgan modda borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga köra, aşyoviy dalil sifatida olingan uşbu kristallar tarkibida 1,84 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.

Amaldagi tartiblarga köra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro poçta jönatmalari orqali jönatiş taqiqlanganligiga qaramay, poçta jönatmalari orqali tarkibida psixotrop moddalar mavjud bölgan dori vositalarini hamda narkotik moddalarni jönatiş holatlari hamon uçrayapti.