Kun.uz tahririyatiga Bo‘stonliq tumani Soyliq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonning so‘lim va bahavo joyi – Bo‘stonliqning Oqtoshsoyiga ayrim «nopok» haydovchilar maishiy-qurilish chiqindilarini to‘kmoqda
Bu holat «Oq tosh shabboda» sanatoriysining shundoqqina ro‘parasida kuzatilayotgani ham achinarli va ko‘ngilni xira qiladi
Biroq tuman mutasaddilari tomonidan hech qanday chora ko‘rilmayotgani sababli chiqindi hajmi kun sayin ortishiga sabab bo‘lmoqda
Haydovchilar kutilmaganda, gohida kechasi, goh kunduzi chiqindi to‘kib ketishmoqda




Ekologiya va bahavo tabiatga zarar yetkazayotgan haydovchilarga qonun talablari qachon ishlaydi?
Kun.uz so‘lim tabiat kushandalariga qanday chora ko‘rilishini kuzatadi









