Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.
"Atamboyevga korrupsiya böyiça ayblov e'lon qilindi, hozirça boşqa ma'lumot yöq", - dedi u.
Slesarevning sözlariga köra, Atamboyev 26 avgustgaça Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tergov hibsxonasida saqlanadi. Advokatning aytişiça, Atamboyevni qölga olişda qator protsessual normalar buzilgan. Xususan, uni qölga oliş töğrisidagi heç qanday hujjat körsatilmagan.
Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni özining Qöy-Toş qişloğidagi uyida qariyb bir sutka davom etgan maxsus operatsiyadan söng hibsga olindi. Operatsiya çoğida bir nafar maxsus kuçlar xodimi halok böldi, 98 kişi jarohatlandi.
Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Atamboyev qurolli qarşilik körsatib konstitutsiyani buzganini aytdi.












