5 avgust kuni Kun.uz e'lon qilgan «Qöşköpir tuman hokimligi sudda yutqazdi. Fermer öziga nisbatan bosimlar bölayotganini aytmoqda» sarlavhali maqola Oliy sudda örganib çiqildi.

Maqolada Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida istiqomat qiluvçi fermer Rasul Xudayberganovga hokimlik sun'iy bosim ötkazib, sudma-sud yugurtirgani bayon qilingan. 

«Qöşköpir tuman hokimi Jörabek Rahimov fermerning paxta ekilgan dalalarini qoniqarsiz baholab, u bilan tuzilgan şartnomani bekor qiliş böyiça sudga da'vo arizasi kiritgan.

Qöşköpir tumanlararo iqtisodiy sudi uşbu işni körib çiqib,  (2019 yil 1 iyuldagi ajrim) da'vogar nizoni sudgaça  hal etiş (talabnoma yuboriş) tartibiga rioya qilmaganligi sababli Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 107-moddasi 5-bandiga asosan da'vo arizasi körmasdan qoldirilgan.

 Şu kungaça sudga mazkur sud ajrimi ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya şikoyati kelib tuşmagan.

«Ibragim baliqçi» fermer xöjaligi iş yurituvçisi Q.Xudayberganov Oliy sudga xat yöllab, sud tomonidan odilona qaror qabul qilinganligi va mazkur iş böyiça sudga heç qanday e'tirozi yöqligini bildirgan», – deyiladi Oliy sud munosabatida.

Eslatib ötamiz, maqolada hokimlik e'tiroz bildirgan dalalar maqbullaştiriş jarayonida endigina bu yil Rasul Xudayberganovning fermer xöjaligiga qöşib berilgani aytilgan, Qöşköpir tumani hokimi esa «yaxşi parvarişlanmagan» degan vaj bilan u bilan tuzilgan şartnomani bekor qiliş böyiça sudga murojaat qilgani, ammo sud da'voni qanoatlantirmagani aytilgan edi.